O‘zbekiston “Doing business” reytingida o‘z o‘rnini yaxshiladi. Avval xabar berganimizdek, mamlakatlardagi tadbirkorlik faoliyatini yuritishning osonligi ular tomonidan amalga oshiriladigan tartib-taomillarning soddalashtirilganligini baholaydigan “Doing business 2020” yillik hisobotida O‘zbekistonning o‘rni salmoqli darajada yaxshilanishi kutilayotgan edi.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-son farmoyishiga muvofiq joriy yilning 25 oktyabr kuni “Strategik rejalashtirish – mamlakat va hududlarni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim omili” mavzusida Xalqaro iqtisodchilar forumi o‘tkazish belgilangan.
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi tashabbusi bilan oboy mahsulotini ishlab chiqarish hajmini oshirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etilib, unda qator tegishli idoralar va bevosita ishlab chiqaruvchilar qatnashdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-oktyabr kuni chorvachilik va bogʻdorchilik tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.